Viloyat hokimligi ishchi guruhi tashrifi
7-Mart, 2026-yil 20:55 | Ko'rishlar: 29
✨Joriy yil 28-yanvar kuni Olmaliq tibbiyot texnikumiga viloyat hokimligi ishchi guruhi Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi M.Z.Xamzayev, viloyat xotin qizlar boshqarmasi ijtimoiy siyosiy faollikni oshirish bo‘yicha bosh mutaxassis D.Q.Abilovalar ta’lim sifati va o‘quvchilar davomatini o‘rgandi.
🔹O‘rganish davomida dars jarayonlari, o‘qituvchilarning salohiyati, davomat, sifatli ta’lim berishda texnikumdagi shart-sharoit, moddiy texnik baza, hamkor tashkilotlar bilan olib borilgan ishlar, to‘garaklar va meʼyoriy hujjatlar o‘rganildi.
🔸Texnikumda mavjud sharoitlar, zamonaviy tibbiy jihozlar, so‘nggi rusumdagi kompyuterlar, mukammal taʼmirlangan va barcha sharoitlar mavjud ARM, innovatsiyon, simulyatsion xonalar va maʼnaviy muhit ishchi guruhda ijobiy taassurot qoldirib, minnatdorlik hissi bilan kelgusida namunali taʼlim muassasasi tarzida texnikumda maʼnaviy -maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etilishi aytildi.
https://t.me/IDTibbiyoTTexnikumiOlmaliq
Tayyorlagan: Axborot xizmati