Tibbiyotda sun’iy Intellekt-dermatovenerologiya misolida
3-Mart, 2026-yil 13:07 | Ko'rishlar: 41
Joriy yilning 22- yanvar kuni Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Tibbiyotda sun’iy intellekt-dermatovenerologiya misolida” mavzusida Toshkent davlat tibbiyot universiteti “1-son dermatovenerologiya va kosmetologiya ” kafedrasining ustozlari ishitorokida seminar o‘tkazildi. Seminar tibbiyot sohasidagi zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt (SI) imkoniyatlari va ularning dermatovenerologiya sohasidagi amaliy qo‘llanilishi masalalariga bag‘ishlandi.
✅Seminarda mutaxassislar quyidagi masalalarni yoritishdi:
✅Sun’iy intellektning tibbiyotdagi roli: diagnostika va kasalliklarni oldindan aniqlashda SI texnologiyalarining samaradorligi.
✅Dermatovenerologiyada SI qo‘llanilishi: teri kasalliklarini aniqlash, pigmentli dog‘lar va ekzema kabi patologiyalarni tasniflash.
✅Ma’lumotlar tahlili va algoritmlar: sun’iy intellekt tizimlari uchun dermatologik ma’lumotlarni yig‘ish va ularni qayta ishlash.
✅Amaliy mashg‘ulotlar: SI tizimi yordamida bemorlarning rasmiy ma’lumotlarini tahlil qilish va tezkor diagnostika natijalarini olish.
✅Seminar yakunida ishtirokchilar sun’iy intellektning dermatovenerologiya sohasida tibbiyot xizmatlarini yanada sifatli va samarali qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Shuningdek, kelajakda SI tizimlarini kengroq qo‘llash va tibbiy kadrlarni bu texnologiyalarga o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
✨Seminar shuningdek, õquvchilar va yosh mutaxassislar uchun interaktiv savol-javob sessiyalari bilan boyitildi, bu esa ishtirokchilarga amaliy tajriba olish va soha mutaxassislari bilan fikr almashish imkoniyatini berdi.
✅ https://t.me/IDTibbiyoTTexnikumiOlmaliq
🌐 https://www.instagram.com/olmaliq_jst?utm_source=qr&igsh=NXo0MHRieGpmczFn
Tayyorlagan: Axborot xizmati