Yuklanmoqda...
Kanayeva Fatima

Kanayeva Fatima Egamberdiyevna

Mutaxassislik fani o'qituvchisi

Hamshiralik ishi kafedrasi Tamomlagan bakalavr 2015 y. Toshkent Tibbiyot Akademiyasi (kunduzgi) 10 yil tajriba
Kafedra
Hamshiralik ishi kafedrasi
Lavozim
Mutaxassislik fani o'qituvchisi

Biografiya

Davlat ta'lim standartlari, fan (modul) dasturlari (malaka talablari)ga muvofiq nazariy va amaliy o`quv mashg`ulotlarini o`tishni ta'minlaydi, o`quvchilarni o`zlashtirgan bilimlarini mustaqil ravishda amaliy qo`llashga tayyorlaydi, o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishini ob'ektiv baholashni ta'minlash uchun reyting nazoratini amalga oshiradi, o`quvchilar tomonidan o`quv materialini o`zlashtirishini baholaydi, joriy oraliq va yakuniy nazoratlarni (nazorat so`rovini) amalga oshiradi, imtihonlar, o`quvchilarning yozma ishlarini va daftarlarini tekshiradi, davomatni yuritadi, o`quv va ishlab chiqarish amaliyoti, diplom loyihalari mavzularini tanlaydi, didaktik, ko`rgazmali va tarqatma materiallar, metodik qo`llanma va ko`rsatmalar tayyorlaydi, seminarlar, konferensiyalar o`tkazishni tashkillashtiradi, axborot va kommunikasion texnologiyalarni o`quv jarayoniga joriy etish bo`yicha dasturlarni ishlab chiqadi, o`quv-metodik ishlarni tashkil etadi, ochiq darslar (mashg`ulotlar) o`tkazadi, fan to`garaklariga rahbarlik qiladi, o`quvchilarning kompetensiyasini aniqlaydi, fan olimpiadalari, turli tanlovlar, konferensiyalar va festivallarga tayyorlaydi, guruhga rahbarlik qiladi, o`quvchilar bilan tarbiyaviy ish olib boradi, ilmiy anjumanlarga o`z ma'ruzasi bilan qatnashadi.

Bilishi lozim: O`zbekiston Respublikasining "Ta'lim to`g`risida"gi qonuni, davlat ta'lim standartlarini, o`qitadigan o`quv predmeti bo`yicha darsni tashkil etish metodikasini, pedagogik va kasbiy muloqot nazariyasi va amaliyotini, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini, xorijiy tillardan birining boshlang`ich bosqichini va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishni.

Malaka talablari: Pedagogik yoki muhandis-pedagogik yoki o`rgatayotgan o`quv fani yo`nalishiga mos oliy ma'lumot, 3 yildan kam bo`lmagan muddatda katta o`qituvchi lavozimi ish staji.