Nishonova Dilrabo Kamoliddin qizi
Texnikumning mutaxassislik fani bosh oʻqituvchisi
Biografiya
Lavozim vazifalari: Davlat ta'lim standartlari, fan (modul) dasturlari (malaka talablari)ga muvofiq nazariy va amaliy o`quv mashg`ulotlarini o`tishni ta'minlaydi, o`quvchilarni o`zlashtirgan bilimlarini mustaqil ravishda amaliy qo`llashga tayyorlaydi, o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishini ob'ektiv baholashni ta'minlash uchun reyting nazoratini amalga oshiradi, o`quvchilar tomonidan o`quv materialini o`zlashtirishini baholaydi, joriy oraliq va yakuniy nazoratlarni (nazorat so`rovini) amalga oshiradi, imtihonlar, o`quvchilarning yozma ishlarini va daftarlarini tekshiradi, davomatni yuritadi, o`quv va ishlab chiqarish amaliyoti, diplom loyihalari mavzularini tanlaydi, didaktik, ko`rgazmali va tarqatma materiallar, metodik yo`llanma va ko`rsatmalar tayyorlaydi, seminarlar, konferensiyalar o`tkazishni tashkillashtiradi, axborot va kommunikasion texnologiyalarni o`quv jarayoniga joriy etish bo`yicha dasturlarni ishlab chiqadi, o`quv-metodik ishlarni tashkil etadi, ochiq darslar (mashg`ulotlar) o`tkazadi, fan to`garaklariga rahbarlik qiladi, o`quvchilarning kompetensiyasini aniqlaydi, fan olimpiadalari, turli tanlovlar, konferensiyalar va festivallarga tayyorlaydi, guruhga rahbarlik qiladi, o`quvchilar bilan tarbiyaviy ish olib boradi, ilmiy anjumanlarga o`z ma'ruzasi bilan qatnashadi.
Bilishi lozim: O`zbekiston Respublikasining "Ta'lim to`g`risida"gi qonuni, davlat ta'lim standartlarini, o`qitadigan o`quv predmeti bo`yicha darsni tashkil etish metodikasini, pedagogic va kasbiy muloqot nazariyasi va amaliyotini, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini, xorijiy tillardan birining boshlang`ich bosqichini va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishni.
Malaka talablari: Pedagogik yoki muhandis-pedagogik yoki o`rgatayotgan o`quv fani yo`nalishiga mos
yetakchi o`qituvchi lavozimida 3 yillik amaliy ish staji. Bosh o`qituvchi lavozimiga da'vogar ilmiy daraja yoki ilmiy unvon bo`lganda yetakchi o`qituvchilik staji talab qilinmaydi.