Rahbar va yoshlar uchrashuvi
9-Mart, 2026-yil 14:28 | Ko'rishlar: 2039
Bo‘ka tuman 2-son texnikumida viloyat Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv davomida texnikum o‘quvchilarining fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari katta qiziqish bilan tinglandi. Yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarga joyida amaliy yechimlar topish bo‘yicha atroflicha muhokamalar olib borildi. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbir yoshlarning tashabbuskorligini rag‘batlantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda kelajak kasbiy faoliyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarni zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish, ta’lim sifatini yanada oshirish, ularning bilim va iqtidorini rivojlantirishga qaratilgan qator muhim takliflar bildirildi.Tadbir yakunida boshqarma boshlig'i sport, ta’lim va fan yo‘nalishlarida yuqori natijalarga erishgan, faol va tashabbuskor yoshlarni taqdirlab, ularga kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
⚙️ Toshkent viloyati Kasbiy ta'lim boshqarmasi axborot xizmati.
Tayyorlagan: Axborot xizmati