O‘quvchilar o‘rtasida psixologik trening o‘tkazildi
8-Mart, 2026-yil 5:00 | Ko'rishlar: 44
2022-yil 18-may kuni Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida kayfiyatni ko‘tarish, guruhda o‘zaro munosabat, bir-birlarini his qilish, shaxslararo munosabatni o‘rganish maqsadida texnikum psixologi tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida Psixologik trening o‘tkazildi.
Treningda guruhda o‘quvchilar o‘rtasida aniqlangan shaxslararo munosabat jarayonida yuz berayotgan kamchiliklar yuzasidan tavsiya va maslahatlar berildi.
Trening so‘ngida o‘quvchilar kayfiyati ko‘tarilgani va berilgan tavsiyalarga amal qilishini va o‘zlari uchun tegishli xulosa chiqarganlarini taʼkidlab, treningga yakun yasaldi.
Tayyorlagan: Axborot xizmati