Yuklanmoqda...

⚜️"Sizlar doimo e’zozdasiz  aziz faxriylarimiz!"

1-Iyun, 2026-yil 11:20 | Ko'rishlar: 29

Olmaliq tibbiyot texnikumida bir necha yillar faoliyat olib borib,  hozigi kunda vafot etgan  hamda  yosh avlod  ta’lim tarbiyasida  munosib  hissa  qo‘shgan bir qator faxriy ustozlarimizni  yo‘qlab, texnikum ustoz xodimlari  ularning  xonadonlariga tashrif buyurib,  9-may "Xotira va qadrlash kuni" bayrami munosabati  bilan  O‘zbekiston  sog‘liqni saqlash xodimlari  kasaba uyushmasi tomonidan fidokorona  mehnatlari  uchun tashakkurnoma va texnikum  ma’muriyati tomonidan estalik  sovg‘alari bilan taqdirladi.
⚜️Tashrif davomida  jamoamiz  a’zolari ularni  bayram  bilan muborakbod  etib,  chuqur extirom va samimiy mehr  bilan  minnatdorlik bildirdilar.  
⚜️"Xotira barhayot-qadr muqaddas" shiori ostida   tashkil etilgan  bunday tashrif faxriy  ustozlarimiz va  ularning oila a’zolarini  bog‘oyatda  hursand qildilar. 
⚜️Bayram  barchaga muborak bo‘lsin, yurtimiz tinch osmonimiz musaffo bo‘lsin !


Tayyorlagan: Olmaliq salomatlik texnikumi